“Jonajon o‘zbek tilim” – “O‘zaviatsiya” agentligida diktant o‘tkazildi
O‘zbek tili bayrami kuni – 2025-yil 21-oktyabr munosabati bilan “O‘zaviatsiya” agentligida “Jonajon o‘zbek tilim” mavzusida diktant tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi — xodimlarning davlat tilida ish yuritish madaniyatini oshirish, savodxonlik va fikrlash doirasini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida agentlik ishchi-xodimlari faol ishtirok etishdi. Diktant orqali ishtirokchilarning savodxonlik darajasi, nutq madaniyati va yozma ifoda ko‘nikmalari baholandi.
Mazkur tashabbus o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uni har bir sohada, jumladan, aviatsiya sohasida ham keng qo‘llashga xizmat qiladi.
