Йил якуни бўйича таҳлилий ҳисобот
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan
2024-yilning yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan
ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida
MA’LUMOT
“O‘zaviatsiya” agentligining 2024-yilga mo‘ljallangan Tashkiliy tadbirlar rejasiga muvofiq quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Parvozlar xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.
-20 ta sertifikatsiya tekshiruvlari o‘tkazilgan, mazkur tekshiruvda 293 ta kamchiliklar aniqlanib ularni bartaraf etish yuzasidan tashkilot va korxonalarga inspektorlik taqdimnomalari kiritilgan.
- 71 ta inspeksiya va 7 ta kompleks tekshiruvlari o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlar jarayonida jami 336 ta kamchilik aniqlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy
chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va nazoratga olingan.
- xavo kemalarining texnik holatini baholash bo‘yicha 115 ta inspeksiya tekshiruvlari o‘tkazildi.
Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra 33 ta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, 97 ta parvozga yaroqlilik guvohnomasi, 22 ta shovqin bo‘yicha guvohnoma, 40 ta radiojixozlar bo‘yicha guvohnoma rasmiylashtirildi. Taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra 2 ta xorijiy texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni tan olish to‘g‘risidagi guvohnoma berildi.
Aviakompaniyalarning muroajatlari bo‘yicha 214 ta texnik hujjatlarni (Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari, Texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomalar, Minimal uskunalar ro‘yxatlari, Yerda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanmalar, Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalari, Harakatlar rejalari) tasdiqlash
va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar yakunlandi.
- Rejadan tashqari “Qo‘qon” aerodromida inspeksiya tekshiruvi o‘tkazildi, natijada ba’zi bir kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi. “Qo‘qon” aerodromi faoliyat olib borishi uchun “O‘zaviatsiya” agentligining 22 AD-“Qo‘qon” aerodromiga 1-yil muddatga (2025-yil 14-iyunga qadar) sertifikat taqdim qilindi.
- Rejadan tashqari “Mo‘ynoq” aerodromida inspeksiya tekshiruvi o‘tkazildi, natijada ba’zi bir kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi. “Mo‘ynoq” aerodromi faoliyat olib borishi uchun “O‘zaviatsiya” agentligining
21 AD-“Mo‘ynoq” aerodromiga 1-yil muddatga (2025-yil 30-aprelga qadar) sertifikat taqdim qilindi.
- Rejadan tashqari “Shaxrisabz” aerodromida inspeksiya tekshiruvi o‘tkazildi, natijada ba’zi bir kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi. “Shaxrisabz” aerodromi faoliyat olib borishi uchun “O‘zaviatsiya” agentligining 23 AD-“Shaxrisabz” aerodromiga 1-yil muddatga
(2025-yil 1-noyabrga qadar) sertifikat taqdim qilindi.
- Transport vazirligining tegishli topshirig‘iga asosan rejadan tashqari 7, 19, 21 va 22-iyun sanalarida ““Zomin”” aerodromida joyiga chiqqan xolda qurilish ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi;
O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi va uning xududiy bo‘linmalarining tegishli xatlar (10 ta so‘rovnoma)ga muvofiq fuqaro aviatsiyasida uchish xavfsizligi va parvozlarning muntazamligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ahvoli o‘rganish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligining 30 nafar malakali mutaxassislari jalb qilingan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra umumiy hisobda 119 ta kamchiliklar aniqlandi va o‘rnatilgan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib prokuratura xodimlariga taqdim qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining“ “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga muvofiq “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ 24-sonli, “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari”AJ 25-sonli, “Tashkent cotton textile cluster” MCHJ 26-sonli, “INDORAMA AGRO” XK MCHJ 27-sonli “O‘zbekgidroenergo” AJ 28-sonli “MERGANTEKS”ga
29-sonli Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xulosalar taqdim qilingan.
Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan xamkorlikda uchuvchisiz uchish apparatlaridan noqonuniy foydalanish va saqlash yuzasidan tegishli ekspertiza xulosalar o‘tqazildi va natijada 1 ta o‘yinchoq model aniqlanib 46 ta uchuvchisiz uchish apparatlari aniqlandi.
Xorijiy ijodiy guruxlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xududida uchuvchisiz uchish aparatlaridan vaxtincha foydalanishga ruxsat olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 55 ta murojaati “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ko‘rib chiqildi va tegishli ruxsatnomalar berildi.
Parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida jumladan Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Termiz va Qarshi xalqaro aeroportlarida o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mazkur o‘quv-mashg‘ulatlarda Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati (YAAQQX) tarkibiga kiruvchi tashkilotlar qatnashib, umumiy hisobda jami 54 ta maxsus texnika (YAAQQXga kiruvchi yong‘in o‘chirish avtomobillari va tez tibbiy yordam texnikalar) va 203 ta shaxsiy tarkib ishtirok etishdi. O‘quv-mashg‘ulotlar natijalari bo‘yicha aeroportlarning va shaxsiy tarkibning tayorgarlik darajasiga ijobiy baho berildi.
- Hisobot davrida Fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlariga (uchuvchilar tarkibi, HHB dispetcherlari, muhandis-texnik tarkib
va xizmat ko‘rsatuvchilar) 98 ta guvohnomalar, 698 ta malaka belgi
va toifalar, 164 nafar aviaxodimlarning guvohnomalariga ingliz tili/SPL/ATPL qo‘shimcha varaqalari berildi, 53 ta guvohnomalar yangisiga almashtirildi va 755 ta guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirildi;
- Fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun yil davomida “O‘zaviasiya” agentligining rasmiy veb sayti orqali (www.uzcaa.uz) umumiy hisobda 8 164 ta so‘rovnoma kelib tushgan va 7 943 ta tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan.
- Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish masalasida yangi qurilayotgan obyektlarning balandliklari o‘rnatilgan tartibda kelishildi va 2 950 ta obyektga umumiy hisobda 133 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilgan.
- IKAO standartiga muvofiq fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy davlatlar ekspluatantlarining havo kemalarida 47 ta perrondagi inspeksiya tekshiruvi o‘tkazilgan (“Zagros”, “Loong Air”, “Batik”, “Aeroflot”, “UVT Aero”, “Maleth”, “IndGo”, “Air Arabia Abu Dhabi”, “Pobeda”, “FlyOne”, “Azal”, “Azimuth”, “China Southern”, “Fly Dubai”, “FlyNas”, “Jazeera”, “Air Astana”, “Ural Airlines”, “Fly Dubai”, “Turkish Airlines”, “Ut Air”, “Wizz Air Abu Dhabi”, “Kam Air”, “Turkish Airlines”, “Qeshm Air”, “Red Wings”,“Aerologic”, “Belavia”,“Nile Air”, “Asiana Airlines”, “Somon Air”, va “S7 Airlines - brend aviakompanii Sibir”, “Southwind”, “Air Arabia Sharjah”, “Air Cairo” “Icelandair” va “Ut Air”) tekshiruvlar jarayonida 15 ta kamchiliklar aniqlandi.
- O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirishlari uchun 27 ta xorijiy aviakompaniyalarning arizalariga asosan, muntazam aviaqotnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi
6 ta Ekspluatatsion ruxsatnoma rasmiylashtirildi. Bugungi kunda 63 ta xorijiy aviakompaniyalarning ekspulatatsion ruxsatnomalariga 484 ta yangi havo kemalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-iyundagi “Yangi O‘zbekiston ko‘chasi yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–301-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31 – iyuldagi
476-41-sonli maxsus qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent shahar Yangi O‘zbekiston ko‘chasida K-1 ochiq kollektor tarmog‘ini ko‘chirish ishlari obyekti” bo‘yicha ishlab chiqilgan obyektning bosh rejasi ko‘rib chiqildi. Ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ushbu Qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar taqdim qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktyabrdagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 611-son qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablariga muvofiq joriy yilning 1-aprel (24-nafar) va 25-noyabr (6-nafar) kunlari “O‘zaviatsiya” agentligining inspektorlar tarkibi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tishdi.
- Soha faoliyatida qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-sonli Qarorining 4-ilovasini bajarish yuzasidan 8 ta xizmat turlarining Pasport loyihalari ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiya sohasida ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi (ID - 94859) tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishinldi.
Ishlab chiqilgan pasportlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil
22-fevraldagi 86-son qaroriga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha (ID - 92478) (V-1) hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Natijada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2024-yil 15-oktyabrdagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 679-son Qarori tasdiqlandi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil
15-noyabrdagi 762-son “Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat ro‘yxatiga olish qoidalarini (O‘zR AQ–46) tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi buyruq loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha www.loyiha.adliya.uz tizimida tegishli idora va taashkilotlar bilan kelishildi va O‘zbekiston Respublikaasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligiga kiritildi. 2024-yil 19-dekabrdagi 1452-3-son ro‘yhat raqami bilan Adliya vazirlidan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. - Xalqaro fuqaro aviatsiya tashkiloti (IKAO)ni standartlarini tadbiq qilish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini ta’minlash milliy Dasturi”ga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish maqsadida hujjat loyihasi ishlab chiqildi
va Transport vazirligi tomonidan 2024-yil 13-mart 3/1968-son xati orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qiritildi. Bugungi kunda “O‘zaviatsiya” agentligining vakillari Vazirlar Mahkamasida ushbu loyihaning muxokamasida ishtirok etishmoqda. - “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirishni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida hujjat loyihasi ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga bilan qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishish maqsadida Transport vazirligining 2024-yil 13-mart 3/1969-son xati yuborilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ko‘rib chiqilgan va e’tirozsiz kelishilgan va Transport vazirligiga 2024-yil 24-may 6/1-2628-son xati yuborilgan. Bugungi kunda “O‘zaviatsiya” agentligining vakillari Vazirlar Mahkamasida ushbu loyihaning muxokamasida ishtirok etishmoqda.
- 2010-yil 10-sentyabrda Pekinda qabul qilingan Havo kemalarining qonunga xilof tarzda bosib olinishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyani to‘ldiruvchi Bayonnomaga muvofiq xamda “O‘zaviatsiya” agentligining 2024-yil 28-martdagi “Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 47-sonli Buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi ishlab chiqildi va bugungi kunda ushbu loyihani umumhalq muhokamasi va idoraviy kelishuvdan o‘tkazish maqsadida “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi” (project.gov.uz) elektron tizimiga kiritildi.
6.“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaga doir tuzatishlarga oid Protokolni ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonun loyihasi ishlab chiqilgan va 2024-yil 20-martdagi 01-39/7-997-son xati bilan transport vazirligiga kiritilgan. Bugungi kunda Qonun loyihasi adliya vazirligida ekpertizadan o‘tkazilmoqda.
- (O‘zR AQ-67) “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida tibbiy xulosa berish to‘g‘risidagi aviatsiya qoidalari” (ID-71935) yangi tahrirdagi loyihasi va (O‘zR AQ-68) “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida tibbiy komissiya a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi aviatsiya qoidalari”ning yangi tahrirdagi loyihasi (ID-74894) Transport vazirligi bilan qayta ko‘rib chiqildi va (project.gov.uz) tizimi orqali tegishli idora va tashkilotlar bilan to‘liq kelishildi. Transport vazirligining tegishli xatlariga asosan loyihalar Adliya vazirligiga kiritilgan. Adliya vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 10-21/12-6/6718-son xatida (O‘zR AQ-68) yuzasidan va 2024-yil
8-maydagi 10-21/12-6/7829-son xatida (O‘zR AQ-67) yuzasidan
o‘z taklif va e’tirozlarni bildirib qayta ishlash uchun Transport vazirligiga yuborilgan. Bugungi kunda Transport vazirligi kelishmovchilik jadvalini ishlab chiqib qayta huquqiy ekspertizadan o‘tkazmoqda. - “O‘zaviatsiya” agentligining 2024-yil 28-martdagi “Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 47-son buyrug‘iga muvofiq, “2010-yil
10-sentyabrda Pekinda qabul qilingan Xalqaro fuqaro aviatsiyasiga nisbatan noqonuniy hatti-harakatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasiyaga” qo‘shilish bo‘yicha “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun loyihasi ishlab chiqildi
va 2024-yil 28-may 01-39/8-1898-son xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga kiritildi.
III. Soha faoliyatini raqamlashtirish.
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2024 yil uchun “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi faoliyatida 2024-yilga raqamlashtirish
va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha” tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Transport vazirligining 2023-yil 16-oktyabrdagi “Xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 177-son buyrug‘iga muvofiq “Bir martalik ruxsatnomalar” axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Parvozlarning uchib kelgan/uchib ketgan vaqtlarini aniq belgilash maqsadida “Bir martalik ruxsatnomalar” axborot tizimini aeroportning “AODB” ma’lumotlar tizimi bilan integratsiyasi bo‘yicha ishlar muvofaqiyatli yakunlandi.
- IV. Xalqaro faoliyat
IKAO standartlarini O‘zbekiston qonunchiligiga tadbiq etishda xamroklikni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilish maqsadida IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktori Nikolas Rallo va IKAOning Bosh qarorgohi Aeronavigatsiya byurosi boshlig‘i Marko Merensning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi joriy yilning 30-yanvar 2-fevral kunlari amalga oshirildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va IKAO munosabatlarini keyingi bosqichga o‘tkazish uchun rasman asos yaratish hamda beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) o‘rtasida boshqaruv xizmati to‘g‘risida kelishuv” imzolandi.
2024-yil 18-iyun kuni Parij shahrida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024-2026 yillar uchun mo‘ljallangan davlat strategik harakatlar rejasinining amalga oshirilishi bo‘yicha Kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilish doirasida IKAO va “O‘zaviatsiya” agenligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024-2026-yillar uchun mo‘ljallangan davlat strategik harakatlar Rejasi imzolandi.
Rejaning amalga oshirilishi Fransiya aviatsiya ma’muriyati (DGCA), Fransiyaning aviatsiya xodisalarini tekshirish va parvozlar xavfsizligini tahlil qilish Byurosi (BEA), AQSH aviatsiya ma’muriyati (FAA), AQSHning transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha milliy kengashi (NTSB) hamda ACI/ACI-EUROPE, IATA, Airbus, Boeing va Jahon Banki kabi xamkorlar bilan xamkorlikda amalga oshirilishiga kelishib olindi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi IKAOga a’zo davlatlar ichida COSPA dasturidan foydalanayotgan birinchi davlat hisoblanadi.
10-12-sentyabr kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) hamkorligida Samarqand shahrida “Xalqaro aviatsiya uchun uglerod emissiyalarini qisqartirish
va kompensatsiyalash tizimini (CORSIA) joriy etish”ga bag‘ishlangan xalqaro darajadagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro tadbirda “O‘zaviatsiya” agentligi vakillari, IKAO mutaxassislari
va dunyoning 30 dan ortiq davlatlaridan kelgan ekspertlar, shuningdek, Airbus, Boeing, GTL Uzbekistan, “Uzbekistan Airports”, “Uzbekistan Airways”, “Qanot Sharq”, “Samarqand Airways”, “Azerbaijan Airlines”, “Tassili Airlines”, “Silk Way West Airlines” va “QAZAQ AIR JSC” kabi yirik aviakompaniyalar va havo kemalari ishlab chiqaruvchilari ishtirok etishdi.
“ICAO EUR/NAT Environment 2024” seminarida CORSIAni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, aviatsiya sanoatidagi ekologik jihatlar, shuningdek, o‘quv dasturlari muhokama qilindi. Aviatsiyada uglerod chiqindilarining atmosferaga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tashabbuslar va amaliy qadamlar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir kelajakda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritib kelayotgan aviakompaniyalarning uglerod chiqindilarining atmosferaga ta’sirini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining CORSIA doirasidagi hisobotlari muvaffaqiyatli ravishda CCR platformasiga yuklandi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning IKAO talablariga mos keluvchi ekologik siyosati va hisobot tizimini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
18-22-noyabr kunlari AQSH Transport xavfsizligi boshqarmasi (TSA) tomonidan I.Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJdan Toshkent-Nyu-York yo‘nalishida “Uzbekistan Airways” AJning parvozlarida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini rejalashtirilgan yillik inspeksiya tekshiruvi tadbiri o‘tkazildi. Tekshiruv natijalari umumiy xisobda ijobiy baholandi va TSA jamoasi tomonidan bir qancha takliflar Aeroport ma’muriyatiga taqdim qilindi.
- V. IKAO talablariga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlarining malakasini oshirish
25-mart 9-aprel kunlari “O‘zaviatsiya” agentligining aeronavigatsiya bo‘yicha bosh mutaxassisi IKAO standartlari talabi bo‘yicha “Hududiy navigatsiya mezonlariga asosan uskunalar bo‘yicha parvozlar chizmalarini loyihalashtirish” bo‘yicha (PANS-OPS RNAV) o‘quv kursining birinchi bosiqichi hamda may oyida ikkinchi amaliyot bosqichini bosqichinini Ozarbayjonda tamomlab, o‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikatga ega bo‘ldi.
1-5-aprel kunlari “Airbus” kompaniyasi tomonidan «O‘zaviatsiya» agentligida “Texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish (SMP) va sifat nazorati (RCP)” bo‘yicha seminar tashkillashtirildi. Mazkur seminarda «O‘zaviatsiya» agentligidan 6 nafar, Transport vazirligidan 2 nafar
va O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi korxonalaridan
28 nafar xodimlar (“Uzbekistan Airways”, “Uzbekistan Airways Technıcs”, “Qanot Sharq”, “My Freighter”, “Sam Air”) ishtirok etishdi.
Seminardan kutilgan asosiy natija O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi mutaxassislarining Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish va uning sifat nazoratini oshirish bo‘yicha nazariy bilimlari darajasini oshirish ko‘zda tutilgan.
Seminarga “Airbus” kompaniyasidan 8 nafar etakchi xorijiy mutaxassislar (Franchesko Meloni, Chadi al-Chamati, Aleksandr Dreve, Fransisko Servantes, Vinsent Tategrain, Jan Fransuaza Burchanin, Kiril Montoya, Aleksandr Egorov) jalb qilingan.
14-16-may kunlari “O‘quv mashg‘ulot markazi” MCHJ binosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan SASE II loyihasi bilan xamkorlikda “Xavfsizlik uskunalarini tekshirishni o‘rgatish” o‘quv kursi tashkillashtirildi. Ushbu o‘quv kursini Fransiya va Qozog‘istondan IKAO ning etuk mutaxasislari jalb qilinib 12 nafar aviatsiya xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha xodimlariga amaliy va nazariy bilimlar bilan bo‘lishtilar. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligiga hisobotlar yuborildi.
17-19-iyun kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi tashabbusi bilan IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi va Davlatlararo aviatsiya Qo‘mitasi bilan xamkorlikda ilk marotaba Toshkent shahrida aerodromlarda parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazoratni tashkil etishda hamkorlikni kengaytirish va ushbu sohada jaxon tajribasini chuqurroq o‘rganish maksadida “Aerodromlardan foydalanish va xavfsizligini nazorat qilish” bo‘yicha xalqaro seminar yuqori saviyada tashkillashtirildi va o‘tkazildi.
Ushbu xalqaro seminarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Ozarbayjon delegatsiyalari “O‘zavatsiya” agentligi va “Uzbekistan Airports” AJ vakilliri umumiy xisobda 35 ga yaqin mutaxassislar tinglovchi sifatida ishtirok etishdi. Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi, Davlatlararo aviatsiya Qo‘mitasi xamda “Airbus” konsernidan 4 nafar yetakchi xorijiy mutaxassislar o‘z taqdimotlari bilan chiqish qildilar.
“Yangi Istanbul” aeroportining 4 nafar yetakchi mutaxassislar keng qamrovli taqdimot o‘tkazib, Istanbulda yangi aeroport qurilishi va ochilish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, shuningdek, innovatsion usullardan foydalangan holda uchish-qo‘nish yo‘lagining qoplamasi mustahkamligini aniqlash usullari haqida ma’lumot berdilar. Seminar yakunida barcha tinglovchilarga IKAO tomonidan xalqaro sertifikatlar taqdim qilindi.
10-13-iyul kunlari IKAO mintaqaviy aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha Moskvadagi o‘quv markazining taklifiga muvofiq, “O‘zaviatsiya” agentligining ikki nafar xodimi tomonidan IKAOga a’zo davlatlarning “Aviatsiya xavfsizligi” 17-ilovasidagi standartlar
va tavsiya etilgan amaliyotlarni joriy etishning asosiy jihatlari mavzusida, “Aviatsiya xavfsizligi-2024” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishdi. Konferensiyada Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi vakillari qatnashishdi. Konferensiyasida IKAOning “Aviatsiya xavfsizligi” 17-ilovasining standartlari va tavsiya etilgan amaliyotini amalga oshirish doirasida, hamda IKAOga a’zo davlatlarning orasida aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi .
“Aviatsiya xavfsizligi-2024” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi yig‘ilishi yakunida tinglovchilarga “Aviatsiya xavfsizligi xizmatiga 50-yil” va “Xalqaro terrorizmga qarshi kurashishdagi xizmatlari uchun” esdalik medallari va sertifikatlar topshirildi.
20-29-avgust kunlari “O‘zaviatsiya” agentligining bir nafar xodimi Janubiy Koreyaning “Inchxon” xalqaro aeroporti aviatsiya akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan va grant asosida taqdim qilingan “Aerodromlar inspeksiyasi” o‘quv kursida ishtirok etdi. O‘quv kursi doirasida talabalar tomonidan berilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirilish natijadorligini aniqlash belgilgan dasturini amalga oshirish maqsadida bilimni baholandi. Ushbu o‘quv kursida
15 mamlakatidan vakillar ishtirok yetishdi. O‘quv kursi yakunida sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxasislarga Inchxon aeroporti aviatsiya akademiyasi (IAAA) tomonidan sertifikat taqdim qilindi.
28-31 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shaxridagi O‘quv - mashg‘ulot markazida IKAOning aviatsiya xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha “Xavf va tahdidlarni boshqarish” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminarda “O‘zaviatsiya” agentligidan ikki nafar mutahasislar ishtirok etishdi.
26-29-noyabr kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi bazasida agentlik, aeroport hamda aviakompaniya vakillari ishtirokida jami 16 tinglovchi uchun Aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlariga “Insayder xavflarni boshqarish” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv kursi tashkillashtirildi. Ushbu o‘quv kursida amaliy va nazariy bilimlardan tashqari va jaxon tajribasini o‘z ichiga olgan materiallar tinglovchilarga taqdim qilindi. O‘quv kursini yakuni bo‘yicha barcha tinglovchilarga tegishli sertifikatlar taqdim qilindi.
Uchbu o‘quv kursi Yevropa fuqaro aviatsiyasi konferensiyasining (ECAC) 2024-yil 19-sentyabrdagi CASE II /2024-0767-sonli xatida ko‘rsatilgan “Insayder xavflarni boshqarish” mavzusida o‘quv kursini o‘tkazish to‘g‘risida taklifiga muvofiq amalga oshirildi.
- Hududlarga chiqish va sayyor qabullar o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat orginlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari
va ularning o‘rinbosarlarining hududlarga xizmat safarlarini tizimli tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 11-maydagi 275/30-son qaroriga asosan “O‘zaviatsiya” agentligi direktori va direktor o‘rinbosarining hududlarga chiqish bo‘yicha
reja-grafik tasdiqlandi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi tashriflar amalga oshirilgin:
- “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T. Nazarov 2024-yilning may – dekabr oylarida Andijon viloyati (Z.M.Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti” MCHJ), Namangan viloyati (“Namangan xalqaro aeroporti” MCHJ), Jizzax viloyati (“Zomin” aeroporti), Qashqadariyo viloyati (“Qarshi xalqaro aeroporti” MCHJ), Surxandariyo viloyati (“Termez xalqaro aeroporti”MCHJ), Samarqand viloyati (“Samarqand xalqaro aeroporti”MCHJ), Buxoro viloyati (“Buxoro xalqaro aeroporti”MCHJ), Farg‘ona viloyati (“Farg‘ona xalqaro aeroporti”MCHJ) hamda Toshkent shahrida (“Uzbekistan Airways” AJ, “Qanot Sharq” MCHJ, “My Freighter” MCHJ, Uchuvchilar xizmati departamenti, “O‘quv-mashg‘ulotlar markazi” MCHJ, “O‘zaeronavigatsiya”markazi DUK);
- “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining o‘rinbosari O. Lim
2024-yilning may – dekabr oylarida Toshkent shahri (“Uzbekistan Helecopters” MCHJ, “Uzbekistan Airways Techniks” MCHJ, “Panorama Airways” MCHJ, “Fly Khiva”MCHJ), Toshkent viloyati (“Dostupnoye nebo” MCHJ) Qoraqalpog‘iston Respublikasi (“Nukus xalqaro aeroporti” MCHJ), Xorazm viloyati (“Urganch xaqaro aeroporti” MCHJ).
Tashrif davomida “O‘zaviatsiya” agentligi rahbarlari tomonidan soha tashkilotlarida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) talablariga muvofiqligini o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi. O‘rganish davomida soha tashkilotlarida parvozlar xavfsizligi va aviatsiya xavsizligi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, soha tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan sohadagi muammolar, dolzarb masalalar va shahsiy muammolar muhokamasi bo‘yicha sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha soha tashkilotlari rahbarlari va xodimlari ishtirokida yig‘ilish (brifing) o‘tkazildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Bundan tashqari Respublika fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
VII. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta’minlash
Mazkur Qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligida hisobot davrida fuqarolardan kelib tushgan xatlar, murojaatlar va arizalar tahlil qilindi.
Tahlil davomida 2024-yil yanvar-dekabr oylarida “O‘zaviatsiya” agentligiga jami 97 ta murojaat kelib tushgan, bulardan 75 ta jismoniy shahslardan va 22 ta yuridik shahslardan kelib tushgan.
O‘tkazilgan tahlilar natijasida, quyidagilar aniqlandi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi www.pm.gov.uz web-sayti orqali (Prezidentga murojaat) – 62 ta;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan - 14 ta;
- “O‘zaviatsiya” agentligi elektron pochtasi orqali – 17 ta;
- “O‘zaviatsiya” agentligiga bevosita kelib yozilgan murojaat – 4 ta.
Tahlillar natijasiga asosan murojaatlarning aksariyati aviakompaniyalar faoliyati bilan bog‘liq masalalar (chipta mablag‘larini qaytarish, parvoz bekor qilinishi, bagajni yo‘qotish, aviakompaniya xodimlarining xatti xarakati) hamda O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi va boshqa ma’lumotlar berish masalalari ko‘rsatilgan.
Yuqoridagi murojaatlar “Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining talablariga asosan o‘rnatilgan muddatlarda ko‘rib chiqilgan. Bugungi kunda ko‘rib chiqilmagan va ijro holati bajarilmagan murojaatlar mavjud emas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktyabrdagi 366-son qarori talablarini bajarish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi rahbariyati tomonidan aholi
va tadbirkorlar uchun har kuni soat 8.00 dan 11.00 gacha shaxsiy qabul tashkillashtirilgan.
ICAO auditi natijalariga ko‘ra barcha (8 ta) yo‘nalishlarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar va DASH BOARD da O‘zbekistonning bugungi xolati yuzasidan ma’lumotlar.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) o‘rtasidagi anglashuv Memorandumining 25 va 29-bandlariga muvofiq, parvozlar xavfsizligini ta’minlash ustidan nazoratni tashkil etishni tekshirish bo‘yicha Universal dastur doirasida IKAO auditining natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligining Buyrug‘i tasdiqlangan.
LEG – umumiy savollarning soni 23 ta, shulardan 20 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 2 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 1 ta.
ORG – umumiy savollarning soni 13 ta, shulardan 9 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 2 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 1 ta.
PEL – umumiy savollarning soni 93 ta, shulardan 61 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 29 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 3 ta.
OPS – umumiy savollarning soni 126 ta, shulardan 89 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 27 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 9 ta.
AIR – umumiy savollarning soni 186 ta, shulardan 101 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 4 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 81 ta.
AIG – umumiy savollarning soni 84 ta, shulardan 41 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 42 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 1 ta.
ANS – umumiy savollarning soni 122 ta, shulardan 104 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 15 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 2 ta.
AGA – umumiy savollarning soni 143 ta, shulardan 95 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 37 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 14 ta.
2024-yilning 19-dekabr xolatiga ko‘ra Xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasi rezident aviakompaniyalarining havo kemalarida o‘tkazilgan SAFA inspeksiyasi to‘g‘risida ma’lumotnoma
|
Davlat |
Sana |
Inspektsiya o‘tkazilgan aerodrom |
Ekspluatant |
HK rusumi |
HK ro‘yxatga olingan raqami |
Nomuvofiqliklaarning umumiy soni |
Toifa |
||
|
1 |
2 |
3 |
|||||||
|
France |
2024-01-09 |
PARIS-CHARLES DE GAULLE |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A320 NEO |
UK-32023 |
1 |
1 |
0 |
0 |
|
Germany |
2024-01-19 |
MUNCHEN |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A320 NEO |
UK-32021 |
5 |
3 |
0 |
2 |
|
Israel |
2024-01-22 |
TEL-AVIV/BEN GURION AIRPORT |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
Airbus A-320 |
UK-32019 |
1 |
0 |
0 |
1 |
|
France |
2024-02-09 |
MARSEILLE-PROVENCE |
MY FREIGHTER |
Boeing 767-300 |
UK-67009 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Turkey |
2024-02-15 |
ISTANBUL |
QANOT SHARQ |
AIRBUS A320 NEO |
UK-32031 |
1 |
1 |
0 |
0 |
|
Georgia |
2024-03-01 |
TBILISI/TBILISI, GEORGIA |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A320 NEO |
UK-32022 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Spain |
2024-03-12 |
MADRID/BARAJAS |
MY FREIGHTER |
Boeing 767-300 |
UK-67015 |
1 |
1 |
0 |
0 |
|
Switzerland |
2024-03-14 |
ZURICH |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
Boeing 787-8 |
UK-78701 |
1 |
1 |
0 |
0 |
|
United Kingdom |
2024-03-19 |
LONDON HEATHROW |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A321 NEO |
UK-32103 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Hungary |
2024-03-20 |
BUDAPEST LISZT FERENC |
MY FREIGHTER |
Boeing 767-300 |
UK-67015 |
1 |
0 |
0 |
1 |
|
Austria |
2024-03-22 |
WIEN-SCHWECHAT |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
Boeing 767-300 |
UK-67002 |
6 |
1 |
3 |
2 |
|
Germany |
2024-04-05 |
MUNCHEN |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
Boeing 787-8 |
UK-78705 |
3 |
1 |
0 |
2 |
|
Germany |
2024-04-11 |
MUNCHEN |
MY FREIGHTER |
Boeing 767-300 |
UK-67015 |
1 |
1 |
0 |
0 |
|
Italy |
2024-04-16 |
MILANO/MALPENSA |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A321 NEO |
UK-32102 |
1 |
1 |
0 |
0 |
|
Hungary |
2024-04-18 |
BUDAPEST LISZT FERENC |
MY FREIGHTER |
Boeing 767-300 |
UK-67015 |
1 |
1 |
0 |
0 |
|
Spain |
2024-05-21 |
MADRID/BARAJAS |
MY FREIGHTER |
Boeing 767-300 |
UK-67009 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Latvia |
2024-05-29 |
RIGA (AIRPORT) |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A320 NEO |
UK-32023 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Turkey |
2024-05-30 |
ISTANBUL |
QANOT SHARQ |
Airbus A-320 |
UK-32031 |
3 |
2 |
1 |
0 |
|
Czech Republic |
2024-06-13 |
PRAGUE - RUZYNE |
QANOT SHARQ |
Airbus A-320 |
UK-32031 |
1 |
1 |
0 |
0 |
|
United Arab Emirates |
2024-06-22 |
DUBAI |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
Boeing 787-8 |
UK-78705 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
United Arab Emirates |
2024-06-22 |
DUBAI |
QANOT SHARQ |
Airbus A-320 |
UK-32030 |
2 |
0 |
2 |
0 |
|
Switzerland |
2024-07-10 |
ZURICH |
MY FREIGHTER |
AIRBUS A319 NEO |
UK-888 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Netherlands |
2024-07-17 |
AMSTERDAM/SCHIPHOL |
MY FREIGHTER |
Airbus A-320 |
UK-32070 |
2 |
0 |
2 |
0 |
|
Latvia |
2024-07-18 |
RIGA (AIRPORT) |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A321 NEO |
UK-32104 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Hungary |
2024-07-18 |
BUDAPEST LISZT FERENC INT-L AIRPORT |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
Boeing 767-300 |
UK-67002 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
United Kingdom |
2024-07-23 |
LONDON HEATHROW |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A320 NEO |
UK-32023 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
France |
2024-07-23 |
PARIS-CHARLES DE GAULLE |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
Boeing 787-8 |
UK-78703 |
1 |
0 |
1 |
0 |
|
Germany |
2024-07-31 |
LEIPZIG/HALLE |
MY FREIGHTER |
Boeing 767-300 |
UK-67015 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Germany |
2024-08-01 |
FRANKFURT/MAIN |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A321 NEO |
UK-32101 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Italy |
2024-08-02 |
MILANO/MALPENSA |
MY FREIGHTER |
AIRBUS A321 NEO |
UK-32130 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Turkey |
2024-08-13 |
ISTANBUL |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A320 NEO |
UK-32022 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Belgium |
2024-09-04 |
LIEGE/LIEGE (CIVIL) |
MY FREIGHTER |
Boeing 767-300 |
UK-67017 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
France |
2024-08-28 |
PARIS-CHARLES DE GAULLE |
MY FREIGHTER |
AIRBUS A321 NEO |
UK-32130 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
United Kingdom |
2024-09-05 |
LONDON STANSTED |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
Boeing 767-300 |
UK-67000 |
2 |
0 |
0 |
2 |
|
Germany |
2024-09-10 |
MUNCHEN |
MY FREIGHTER |
Boeing 767-300 |
UK-67015 |
7 |
2 |
4 |
1 |
|
Belgium |
2024-09-20 |
LIEGE/LIEGE (CIVIL) |
FLY KHIVA GROUP |
Boeing 767-300 |
UK-64014 |
1 |
0 |
1 |
0 |
|
Azerbaijan |
2024-10-03 |
HEYDAR ALIYEV |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A321 NEO |
UK-32105 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
United Kingdom |
2024-10-08 |
LONDON GATWICK |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
Boeing 767-300 |
UK-67003 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Germany |
2024-10-23 |
LEIPZIG/HALLE |
MY FREIGHTER |
Boeing 767-300 |
UK-67009 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Israel |
2024-10-27 |
TEL-AVIV/BEN GURION |
MY FREIGHTER |
Boeing 767-300 |
UK-67009 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
Germany |
2024-11-11 |
FRANKFURT/MAIN |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
Boeing 787-8 |
UK-78703 |
0 |
0 |
0 |
0 |
|
France |
2024-11-12 |
PARIS-CHARLES DE GAULLE |
UZBEKISTAN AIRWAYS |
AIRBUS A321 NEO |
UK-32101 |
0 |
0 |
0 |
0 |
Саҳифанинг охирги янгиланиш санаси: 24.10.2025 10:30:29
Чоп этиладиган нусхаси
