Parvozlar xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan xamkorlik
O‘zbekiston vakillari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan IKAOning ingliz tilini bilish talablarini (LPRI TF/47) muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhining 47-yig‘ilishida ishtirok etdi va unda raislik qilishdi.
Tadbir EUR/NAT mintaqasi davlatlari vakillarini aviatsiya xodimlarining til tayyorgarligiga IKAO talablarini joriy etish bo‘yicha tajriba va ilg‘or amaliyotlar bilan almashish uchun to‘pladi. Yig‘ilish davomida asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi: asosiy maqsad bo‘lgan samarali va tushunarli o‘zaro hamkorlik orqali parvozlar xavfsizligini oshirishda til talablarini amalga oshirishni nazorat qilish, onlayn test o‘tkazish, shuningdek, yerda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun frazeologiyaning o‘rni.
Yig‘ilish doirasida "Til tayyorgarligini nazorat qilish: me’yoriy qoidalardan inspektorlarning vakolatlarigacha" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. U mutaxassislar va ekspertlar o‘rtasida tajriba, fikr va amaliy g‘oyalar almashish uchun qulay maydonga aylandi.
