Yo‘lovchilar uchun muhim xabar

Rossiya Federatsiyasining “Smartavia” va “I FLY” aviakompaniyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun taqdim qilingan so‘rovnomalariga “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ruxsatnomalar oldindan rasmiylashtirilgan.

Biroq, “Smartavia” aviakompaniyasi tomonidan 2022 yil 7 mart kuniga rejalashtirilgan Moskva – Urganch – Moskva yo‘nalishidagi parvoz bajarilmasligi yuzasidan aviakompaniya tomonidan rasmiy maʼlumot berildi.

Shunnigdek, “I FLY” aviakompaniyasi esa 2022 yil 5 martdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasiga bajarilishi kutilayotgan hamda barcha rejalashtirilgan yo‘nalishlarda o‘z parvozlarini nomaʼlum muddatga to‘xtatganligi xaqida rasmiy maʼlumotni O‘zbekiston aviatsiya maʼmuriyatiga taqdim etdi.

Bekor bo‘lgan aviaqatnovlar yo‘lovchilari aviachipta pullarini qaytarish yoki chiptalarini boshqa muddatga qayta bronlash masalalari yuzasidan ushbu chiptalarni xarid qilgan aviakassalarga murojaat etishlari tavsiya etiladi.

Shu o‘rinda yo‘lovchilar va aviakassalar mutasaddilaridan aviachiptalarni sotib olish yoki sotishdan oldin “O‘zaviatsiya” agentligi veb-saytining bosh sahifasidagi “Axborot jadvali” (https://uzcaa.uz/oz/table) bo‘limida rejalashtirilgan charter parvozlarining holati bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.