Ixtiyoriy xabar berish xizmati

  1. IXBX parvozlar xavfsizligi darajasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan, parvozlarni tashkillashtirish va ta‘minlash xizmati ishlarida kamchiliklari bo‘lgan,me’yoriy xujjatlarning talablarini buzgan, parvozlar xavfsizligiga xavf solish hodisasi to‘g’risida tushgan ixtiyoriy xabarlarni yig’ish va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan.
  2. IXBX har bir xabarni puxta tahlil qilib chiqadi, jumladan parvozlar xavfsizligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan profilaktik tadbirlarni keyinchalik ishlab chiqish bilan bog’liq, to‘g’riligini (imkoni boricha) aniqlashni hamda aviatsiya hodisalarini oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni takomillashtirishni ko‘zda tutadi.
  3. Asosiy IXBX parvozlar xavfsizligiga xavf solishi tug’ilayotgan, vujudga kelayotgan, hodisalar yoki sharoitlar haqida, shuningdek ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan takliflar to‘g’risidagi ma‘lumotlardir.
  4. Agar xabar sodir bo‘lganidan 3 kundan kech qolmasa, parvoz xavfsizligiga ta‘sirini ko‘rsatmasa olmasa, yo‘l qo‘yilgfan buzilishlar uchun muxbirlarga intizomiy va ma‘muriy ta‘sir choralarini qo‘llamaslik kafolatlanadi.
  5. IXBX olingan ma‘lumotlarning o‘ta mahfiyligini ta‘minlaydi.

Ixtiyoriy xabar berish xizmati tartibi

Parvoz xavfsizligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi faktlar haqidagi ixtiyoriy xabarlarni korxonalarning har qaysi xodimi, aeroportlar va aviakompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi aviatsiya tashkilotlarining xodimlari berishi mumkin.

Ixtiyoriy xabar quyidagi kanallar orqali berilishi mumkin:

  • Telefon/faks: +(998) 71 254-47-12, (+998) 78 120-00-61
  • elektron manzil: caa@uzcaa.uz
  • pochta orqali yozma ravishda: 100015, Nukus ko‘chasi, 73 «B»
  • Telefon (AHMTB Transport Vazirligi) (+998) 78 120-00-65, (+998) 99 112-31-13
  • yoki hozirning o‘zida

Xizmatni onlayn olish

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 05.08.2022 10:20:00

Chop etiladigan nusxasi