Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatni tasdiqlash (kelishish)

1. Xizmat turi

Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlash tartibi.

2. Xizmat natijasi

Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatni tasdiqlash (kelishish).

Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligi direktorning 2021 yil 23 noyabrdagi 129-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” talablariga muvofiq belgilangan.

3. Xizmat uchun blank (shakl)

Shaklni yuklab olish

4. Huquqiy asoslar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 apreldagi 337-son O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspektsiyasi va Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori.

5. Xizmatni oluvchilar

Xizmatni oluvchi “O‘zaviasiya” agentligiga havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlash (kelishish) to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.

6. Bajarilish muddati

Hujjatlarni qabul qilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kunidan oshmaydigan muddatda.

7. Ma’lumot tarkibi va hajmi

Murojaat qilgan har qanday shaxsga havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlash tartibi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish, shu jumladan “O‘zaviasiya” agentligining rasmiy veb-saytidan www.uzcaa.uz zarur bo‘lgan hujjatlarni yuklab olish imkoniyati kafolatlanadi.

8. Keng qamrovli ma’lumot

Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlash tartibi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish “O‘zaviasiya” agentligining rasmiy veb-sayti www.uzcaa.uz orqali amalga oshiriladi.

9. Rasmiy so‘rov berish bo‘yicha ma’lumot

  • Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlash tartibi haqidagi og‘zaki ma’lumotlarni soat 9-00 dan 18-00 gacha 78-120-00-62 yoki 78-120-00-63 telefon raqamlar orqali taqdim etiladi.
  • Yozma ravishdagi rasmiy so‘rovnomalarni qabul qilish, rasmiy so‘rovnomalar bo‘yicha yozma hujjatlarni qabul qilish va berish soat 9-00 dan 18-00 gacha 71-254-14-82 sonli faks orqali agentlik devonxonasida amalga oshiriladi.
  • Yozma ravishdagi so‘rovnomalarni kecha-kunduz technique@uzcaa.uz yoki caa@uzcaa.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

10. Hujjatlardagi foydalaniladigan blanklar (shakllar)

Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarni tasdiqlash (kelishish) uchun arizaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligi direktorning 2021 yil 23 noyabrdagi 129-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”da belgilangan.

11. Zarur hujjatlar

Arizachi havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarni tasdiqlash (kelishish) uchun “O‘zaviatsiya” agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
  2. elektron yoki qog‘oz shaklidagi havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjat;
  3. havo kemasini ishlab chiqaruvchi hujjat(lar), agar ushbu hujjat(lar) asosida havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjat ishlab chiqilgan yoxud o‘nga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa.

12. Xizmat to‘lovlari

Xizmat bepul.

13. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bosqichlari

Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlash tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. “O‘zaviasiya” agentligi hujjatlarni qabul qilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kunidan oshmaydigan muddatda arizani qo‘rib chiqadi, havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatni tasdiqlash (kelishish) yoki uni tasdiqlashni (kelishishni) rad etish to‘g‘risida qarorni qabul qiladi.
  2. Arizani ko‘rib chiqish jarayonida taqdim etilgan hujjat belgilangan Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkilotining (IKAO) xalqaro standartlari va tavsiya etilgan amaliyot talablariga, shuningdek, havo kemani ishlab chiqaruvchining Aviasiya ma’muriyati, havo kemani ro‘yxatga olgan Aviasiya ma’muriyati va havo kemani ishlab chiqaruvchi talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertiza o‘tkaziladi.
  3. O‘tkazilgan ekspertiza natijalariga ko‘ra, “O‘zaviasiya” agentligining mutaxassisi havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatni tasdiqlash (kelishish) yoki uni tasdiqlashni (kelishishni) rad etish imkoniyati to‘g‘risidagi xulosani rasmiylashtiradi.
  4. “O‘zaviasiya” agentligi tegishli qarorni qabul qilingan sanadan e‘tiboran bir ish kunidan kechiktirmay arizachiga tasdiqlangan (kelishilgan) havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatni beradi yoki uni tasdiqlash (kelishish) rad etilganligi haqida yozma shaklda xabardor qiladi.

14. Rad etish asoslari

Havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatni tasdiqlash (kelishish) rad etish uchun asoslari quyidagi hollarda bo‘lishi mumkin:

  • taqdim etilgan hujjatni ekspertizadan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning arizachi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
  • arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki ishonchsiz ma’lumotlar mavjudligi;
  • havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaning 14-bandi talablariga muvofiq emasligi;
  • rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o'tgandan keyin hujjatlar takroran taqdim etilganligi;
  • asoslantirilgan salbiy xulosa mavjudligi.

Xizmatni onlayn olish

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 30.11.2021 10:39:52

Chop etiladigan nusxasi