Nazarov Taxir Alimjanovich

“O’zaviatsiya” agentligining direktori

1968 yil 1 avgustda Toshkent viloyati Olmazor shaharchasida tug‘ilgan.

1985 – 1990yy.  - Riga fuqaro aviatsiyasi uchuvchi-texnik bilim yurti kursanti.

1987 – 1989yy. - Sovet Armiyasi safida xizmat o‘tagan.

1990 – 1998yy. - “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Uzaeronavigatsiya” Markazining Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi Toshkent xududiy bo‘linmasi dispetcheri, katta dispetcheri.

1998 – 2003yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat aviatsiya nazorati inspeksiyasining Parvozlar rahbari - inspektor – havodagi harakatni boshqarishni nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi.

2003 – 2009yy. - Xorijda ishlagan.

2010 – 2014yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat aviatsiya nazorati inspeksiyasining Aerodromlarni sertifikatlash va havodagi harakatni boshqarishni nazorat qilish Bo‘limi boshlig‘i.

2014 – 2019yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat aviatsiya nazorati inspeksiyasining sertifikatlash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Boshqarmasi boshlig‘i.

2019 – 2021yy. - O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining sertifikatlash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Boshqarmasi boshlig‘i.

2021 – x.v. - O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori.

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining va Transport vazirligining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Transport vazirligi topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, masalalarning Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;

Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, agentlik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash.

Lim Oleg Nikolayevich

“O’zaviatsiya” agentligining direktor o’rinbosari

1960 yili 25mayda Toshkent viloyatining Toytepa shahrida tug’ilgan.
1980 yili fuqaro aviatsiyasi Kirsanov aviatsiya texnik bilim yurtini, 1987 yili Kiyev fuqaro aviatsiyasi muxandislari institutini tugatgan.
1977-1980y. Fuqaro aviatsiyasi Kirsanov aviatsiya texnik bilim yurti kursanti .
1980-1992y. O’zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Urganch birlashgan aviaotryadning aviatsiya-texnika bazasida aviatexnik, smena muxandisi, samolyot uchastkasining katta muxandisi, uchastkaning yetakchi muxandisi.
1992-1995y. «O’zbekiston havo yo’llari» Milliy aviakompaniyasining aviatsiya-texnika majmuasidagi vertolyot uchastkasida yetakchi muxandis.
1995-1998y. «O’zbekiston havo yo’llari» Milliy aviakompaniyasining tekshirishlar bo’limida yetakchi muxandis-inspektor.
1998-2002y. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasida aviatsiya xodisalarini tekshirish bo’limining boshlig’i o’rinbosari.
2002-2003y. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasida ro’yxatdan o’tkazish, sertifikatlash va litsenziyalash bo’limi boshlig’i.
2003-2008y. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining sertifikatlash, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi boshlig’i.
2008-2019y. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’i o’rinbosari
2019 yil 1 iyunda  “O’zaviatsiya” agentligi direktor o’rinbosari.

Xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining manfaatini ifodalaydi, boshqa davlatlarning aviatsiya ma’muriyatlari bilan o‘zaro harakat va hamkorlikni ta’minlaydi. Sertifikatlash, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasining, Oliy malaka komissiyasining, Markaziy tibbiy-uchuvchilar ekspert komissiyasining faoliyatini tashkil etadi va boshqaradi. Fuqaro aviatsiyasining sub’yektlari va ob’yektlarida sertifikatlash tekshiruv va inspektorlik nazoratini o‘tkazishdagi komissiyalarning ishida ishtirok etadi.

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 12.05.2020 10:14:35

Chop etiladigan nusxasi