Aviakompaniyani tashkil etishning asosiy talablari

Fuqaro aviatsiyasi faoliyatini amalga oshirishda ruxsat olish uchun O'zR qonunchiligining asosiy talablari

Havo kemalarini ishga tushirish bilan bog'liq fuqaro aviatsiyasida har qanday faoliyatni amalga oshirish uchun, O'zbekiston Respublikasi Havo kodeksiga (44 modda) va "Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasiga ekspluatant sertifikatini berish tartibi to'g'risidagi nizom"ga muvofiq ravishda har qanday yuridik (jismoniy) shaxs "Uzaviatsiya" agentligidan Ekspluatant sertifikatini olishi kerak.

Ekspluatant sertifikati fuqaro aviatsiyasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqiga qo'shimcha ravishda, uning egasi ekspluatatsiya qilingan samolyotlarda parvozlar xavfsizligini ta'minlashning IKAO barcha xalqaro standartlariga mos kelishini aniqlaydi.

Ekspluatant sertifikatini olish uchun talablari hamma uchun yagona, laukoster aviakompaniyalar uchun ham va boshqa ekspluatantlar uchun bir xil.

Ekspluatant sertifikatini olishning asosiy shartlari quyidagicha:

- Tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lishi kerak. Ekspluatantning individual sertifikati faqat shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun beriladi (havaskorlarga). O'zbekiston Respublikasining havo qonunchiligida Ekspluatant sertifikatini olish uchun yuridik shaxs tuzishda, aviakompaniyaning O'zbekiston Respublikasi rezidenti ustunlik qilishi majburiy talablar belgilanmagan.

Ammo shuni yodda tutish kerakki, agar asosiy egalik chet ellik rezidentga tegishli bo'lsa, u holda shartnoma tuzayotgan tomonlar uchun bunday huquqni o'rnatgan davlatlar o'rtasidagi havo aloqasi to'g'risidagi Bitimlar asosida xorijiy davlat bunday aviakompaniyaning ushbu davlatga parvozlariga ruxsat berishdan bosh tortishi xavfi mavjud.

Mavjud:

 - mulkchilik asosida yoki ekipajsiz ijaraga olingan samolyotlar (Havo kodeksining 38-moddasiga binoan, Davlatlararo aviatsiya qo'mitasi (HAQ) tomonidan berilgan sertifikat turiga ega bo'lishi va e'lon qilingan turlar hamda parvozlarning mintaqalarini bajarish uchun jihozlangan bo'lishi zarur).

 - mulk huquqi asosida yoki ekipajsiz ijaraga olingan havo kemalari (Havo kodeksining 38-moddasiga binoan HK davlatlararo aviatsiya qo'mitasi (HAK) tomonidan berilgan sertifikatga ega bo'lishi va e'lon qilingan turlar hamda parvozlar mintaqalarini bajarish uchun jihozlangan bo'lishi kerak).

- uchish xizmatlari tuzilmalari (uchish xodimlari zarur malaka va tayyorgarlikka ega bo'lishi lozim, shuningdek "O'zaviatsiya" agentligi tomonidan berilgan tegishli uchuvchi guvohnomasi, chet ellik uchuvchilarni yollashda ushbu uchuvchilarning guvohnomalarini (litsenziyalarini) "O'zaviatsiya" agentligida tan olish jarayonidan o'tish kerak);

texnik xizmat (texnik xodimlar ma'lum bir havo kemasi uchun zarur malaka va tayyorgarlikka ega bo'lishi, shuningdek “O'zaviatsiya” agentligi tomonidan berilgan HKning aniq turlari bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi mutaxassisning tegishli guvohnomasiga ega bo'lishi kerak. Texnik xizmat “O'zaviatsiya” agentligi tomonidan berilgan aviakorxonaga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotning guvohnomasiga ega bo'lishi kerak. Agar xizmat ko'rsatishni shartnoma asosida boshqa tashkilotlar amalga oshirsa, u holda bu tashkilotlar “O'zaviatsiya” agentligi tomonidan sertifikatlangan yoki tan olingan bo'lishi kerak.

Ekspluatantning asosiy ish joyi va havo kemalarining bazasi O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lishi kerak (O'zbekiston Respublikasi aeroportlaridan birida).

O'zbekiston Respublikasi Havo kodeksiga muvofiq barcha fuqaro havo kemalari “O'zaviatsiya” agentligida majburiy ro'yxatga olinishi kerak, shundan so'ng har bir havo kemasi fuqaro havo kemasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida guvohnoma oladi. Bundan tashqari, belgilangan tartibda har bir samolyot uchun quyidagilar zarur:

  • uchishga yaroqlilik sertifikati;
  • radiojihozlarga sertifikat;
  • shovqinlar uchun sertifikat.

Havo kemalarini chet elda ro'yxatga olish holatida, ushbu hujjatlarning barchasi ro'yxatdan o'tkazuvchi davlat tomonidan beriladi, ular bilan “O'zaviatsiya” agentligi IKAOning Chikagodagi konventsiyasining 83bis moddasini amalga oshirish to'g'risida Bitim tuzishi kerak, bu esa vakolatni ro'yxatdan o'tkazish holatidan O'zbekistonga o'tkazilishini, funktsiyalari va majburiyatlarini, shu jumladan nazorat funktsiyalarini o'z ichiga oladi, Konventsiyaning 1, 2 va 6-ilovalardan kelib chiqadi.

Buyurtmachi “O'zaviatsiya” agentligida quyidagi aviakompaniya hujjatlarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi (ma'qullashi) kerak:

  • Parvozlar uchun qo'llanma;
  • Texnik xizmat ko'rsatishni tartibga solish bo'yicha aviakompaniyaning qo'llanmasi;
  • Xavfsizlikni boshqarish tizimi bo'yicha qo'llanma;
  • Havo kemalardan foydalanish bo'yicha qo'llanma (har bir tur uchun);
  • Og'irlikni nazorat qilish va havo kemalarni markazlashtirish bo'yicha ko'rsatma;
  • Havo kemasining er ustida ishlashi bo'yicha ko'rsatma;
  • Havo kemalarining parvozi uchun qo'llanma (har bir tur uchun);
  • Texnik xizmat ko'rsatish dasturi (har bir tur uchun);
  • Ekipaj a'zolari uchun er va parvoz mashg'ulotlari dasturi;
  • Uskunalarning minimal ro'yxati (har bir tur uchun);
  • Ekspluatant aviatsiya xavfsizligini ta'minlash dasturi.

- Fuqaro aviatsiyasi to'g'risidagi xalqaro Konventsiya (ICAO) talablariga muvofiq Ekspluatant sertifikatini olgandan so’ng barcha havo kemalari IKAO reestrida ro'yxatdan o'tishi talab qilinadi. Ro’yxatdan o’tish 3LD systemasi orqali http://www.icao.int/3ld saytida joylashtirish so’raladi. Ro'yxatdan o'tganidan so'ng,  xavo kema ekspluatanti IKAO uch xarfli kodga ega bo’ladi va  O'zbekistonning  tijorat ekspluatantining telefon shartli belgisi beriladi.  Uch harfli belgisi olingan vaqtdan boshlab aviakompaniya tijorat reyslarini boshlashi mumkin.

- Normativ-huquqiy hujjatlar ro'yxati aviakompaniyalar O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida faoliyatini boshlashdan mos bo'lishi kerak.

Normativ-huquqiy hujjatlarning nomlanishi Izoh
1 Fuqaro havo kemalarini ro'yxatdan o'tkazish haqida guvohnoma berish tartibi to'g'risidagi nizom (O'zR vazirlar maxkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-sonli qarori) Xujjat identifikatsiya belgilari berilishi bilan havo kemasi Fuqaro aviatsiyasi davlat reestriga kiritilishini belgilaydi.
2 Fuqaro havo kemalarini ro'yxatdan o'tkazish haqida guvohnoma berish tartibi to'g'risidagi nizom (O'zR vazirlar maxkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-sonli qarori) Hujjat havo kemasining radio jihozlar bo'yicha talablarini belgilaydi
3 Fuqaro havo kemalarini ro'yxatdan o'tkazish haqida guvohnoma berish tartibi to'g'risidagi nizom (O'zR vazirlar maxkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-sonli qarori) Hujjat havo kemasining shovqinlar bo'yicha talablarini belgilaydi
4 Fuqaro havo kemalarini ro'yxatdan o'tkazish haqida guvohnoma berish tartibi to'g'risidagi nizom (O'zR vazirlar maxkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-sonli qarori) Xujjat havo kemasining fuqaro havo kemasi uchishga yaroqliligi normalariga javob berishini belgilaydi
5 "O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish to'g'risidagi nizom" O'zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari. (Davavianazoratning 2002 yil 4 oktyabrdagi 128-son buyrug'i. Adliya vazirligida 2002 yil 2-noyabrda ro'yxatga olingan. Ro'yxat raqami 1186) Uchuvchilar va bort kuzatuvchilar sog'lig'i sababli ularning yaroqliligi to'g'risida tibbiy ma'lumotnomalari bo'lishi kerak.
6 "O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarini tasniflash" O'zbekiston Aviatsiya qoidalari. (Davavianazoratning 2004 yil 26 martdagi 49-son buyrug'i. Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 7 mayda ro'yxatga olingan. Ro'yxat raqami 1349) Uchish ekipajida - (tijorat) aviatsiyasi uchuvchisining guvohnomasi. Xizmat ko'rsatuvchi xodimlarda - fuqaro aviatsiyasi bortkuzatuvchilari guvohnomasi bo'lishi kerak
7 "O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarini tasniflash" O'zbekiston Aviatsiya qoidalari. (Davavaianazoratning 2004 yil 26 martdagi 49-son buyrug'i. Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 7 mayda ro'yxatga olingan. Ro'yxat raqami № 1349) Texnik xodimlar havo kemalarga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha aviatsiya texnikasining muhandisi guvohnomasiga ega bo'lishlari kerak.
8 Havo kemalariga texnik xizmat ko'rsatuvchi tashkilotning guvohnomasini berish to'g'risidagi nizom (O'zR vazirlar maxkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 354-son qarori) Agar aviakompaniya texnik xizmatni o'z xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirsa, u holda havo kemalarga texnik xizmat ko'rsatish uchun tashkilot sertifikatini olish kerak  
9 Fuqaro havo kemalarini ro'yxatdan o'tkazish haqida guvohnoma berish tartibi to'g'risidagi nizom (O'zR vazirlar maxkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-sonli qarori) Ekspluatant sertifikati fuqaro aviatsiyasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beradi va uning egasi xalqaro xavfsizlik standartlariga muvofiqligini aniqlaydi

Ko'rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar "normativ hujjatlar" bo'limida e'lon qilingan.

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 20.06.2023 09:29:38

Chop etiladigan nusxasi