Xayriya xashari!

Bugun, 2023 yil 18 mart kuni “Oʼzaviatsiya” agentligida hukumat farmoyishiga asosan (91–F, 04.03.2023 y.) umumxalq bahor bayrami Navroʼz bayramini nishonlashga tayyorgarlik koʼrish maqsadida “Oʼzaviatsiya” agentligi xodimlari hamjihatligida xayriya hashari oʼtkazildi.

Tadbir davomida Аgentlikning ichki va atrof yoʼlaklari obodonlashtirildi. Daraxtlarni oqlash va kesish ishlari tashkillashtirildi. Аgentlikka tutashgan maxalla koʼchalarini obodonlashtirish va koʼkalamlashtirish ishlariga maxalla aholisiga koʼmaklashildi.

Tadbirda “Oʼzaviatsiya” agentligining rahbariyati va xodimlari faol ishtirok etishdi.