O‘zbekiston Respublikasiga parvozlarni amalga oshirayotgan aviakomaniyalar uchun o‘ta muhim ma’lumot

“O‘zaviatsiya” agentligi 2018 yilning 25 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 762-son qarori qabul qilinganini ma’lum qiladi.

Mazkur qaror bilan “O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga mo‘ljallangan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risidagi dastlabki elektron ma’lumotlarni taqdim etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizom” tasdiqlangan.

Shuningdek, ushbu qarorning 2-bandida quyidagi muddatlarda tashuvchilar yoxud tovar egalari yoki tovarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar havo transportida tashiladigan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risida dastlabki elektron tarzda oldindan axborotni bojxona organlarining axborot tizimiga butunjahon Internet tarmog‘i orqali taqdim etilishi belgilab berilgan:

uzoq yo‘nalishni amalga oshirishda — havo transportining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga uchib kelishidan ikki soat oldin;

qisqa yo‘nalishni amalga oshirishda — havo transportining uchish vaqtida yuborishi shart.

“O‘zaviatsiya” agentligi barcha aviatashuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik talabalarining bajarilishini talab etadi.

 Hujjatning matni bilan quyidagi havolada tanishish mumkin.