Huquqiy bilimlar oshirildi

Joriy yilning 14 fevraldan 1 martgacha “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazida yuridik xizmatning huquqiy bilimlari oshirildi.

Ma‘ruzalar markaz o‘qituvchilari, fan doktorlar, boshqa yuqori malakali mutaxassislar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan, huquqni qo‘llash faoliyati bilan shug'ullanuvchi xodimlar, sudyalar, O‘zbekiston aholisiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatuvchi “Madad” nodavlat notijorat jamiyati rahbari tomonidan o‘tkazildi. Taqdimot materiallari, videoroliklar namoyish etildi. X.Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza institutida, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tuman yuridik markazida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Imtihon natijalari bo‘yicha bilimlarni oshirish sertifikat bilan tasdiqlandi.