Turkiyaning “SUNEXPRESS” aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruhsatnoma oldi

O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2023 yil 12 sentyabr kuni “SUNEXPRESS” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga Izmir-Samarqand-Izmir yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni Boeing-737 rusumli havo kemalarida amalga oshiradi.