O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi arafasida “O‘zaviatsiya” agentligida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

  O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi arafasida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlarining farzandlari o‘rtasida “Eng sevimli, eng bebaho” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi va ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi.

  Shuningdek, “O‘zaviatsiya” agentligi kasaba uyushma qo‘mitasi va ma’muriyati vakillari “Nogiron-bolalar kamalak uyi” imkoniyati cheklangan bolalar tashkiloti Vasiylik kengashi a’zosi sifatida oziq-ovqat to‘plamlari bilan ta’minladi. Milliy an’analarga ko‘ra bayram oshi tashkil etilib, mehnat faxriylar taklif etildi.