Keksalarga xurmat

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining "Tadbir rejasi"ga muvofiq har yilning
3-9 oktyabr' kunlari «O‘zaviasiya» agentligining birlamchi kasaba uyushmasi tomonidan "Keksalar haftaligi" etib belgilangan.

Mazkur tadbirda "Faxriylar kengashi" a'zolari uylariga tashrif buyurildi.Tashrif davomida mehnat jamoaning faxriylar o‘rtasida sportning shashka va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samimiy ruhda o‘tgan har bir xonadondagi suhbatda faxriylarimizning yurtimiz rivojiga ko‘rsatgan zahmatli mehnatlari bugungi barkamol avlodning ulg‘ayishida ulkan hissa ekanligi ta'kidlandi.