ICAO Assambleyasining 41-sessiyasi

   2022 yil 27 sentabr' kuni Kanadaning Monreal' shahrida ICAO Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti Assambleyasining 41-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Tadbir 2022 yilning 27 sentabrdan 7 oktabrgacha davom etadi.

   ICAO Assambleyasida O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi ma'muriyati nomidan “O‘zaviasiya” agentligi direktori Nazarov Toxir Alimjanovich ishtirok etmoqda.

   Ushbu muhim tadbirda ICAOga a'zo davlatlar fuqaro aviyasiyasi sohasida global aloqalarini rivojlantirish, sayohatchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash va fuqaro aviasiyasini rivojlantirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qiladilar.

   Assambleyaning 41 - sessiyasi doirasida “O‘zaviasiya” agentligi direktori hamda ICAO Prezidenti va ICAO Bosh kotibi o‘rtasida O‘zbekiston fuqaro aviasiyasi tizimida ICAO auditi o‘tishi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tishi rejalashtirilgan.