“Fly Dubai” aviakompaniyasiga Dubay-Namangan-Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

   O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida 2022 yil 30 avgustda “O‘zaviasiya” agentligi tomonidan
“Fly Dubai” aviakompaniyasining 2019 yil 11 yanvardagi 92-sonli O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi Ekspluatasion ruxsatnomasiga yangi
Dubay-Namangan-Dubay yo‘nalishi kiritildi.


   Bu aviakompaniya tomonidan muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat olgan O‘zbekiston Respublikasidagi uchinchi aeroporti hisoblanadi. Hozirgi kunda aviakompaniya Toshkent va Samarqand aeroportlariga aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda.


   “Fly Dubai” aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni Boeing 737 havo kemalarida amalga oshiradi.