28-sentyabr' “Xon atlas” festivali

28-sentabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.

“O‘zaviatsiya” agentligi xotin-qizlari tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va ananalari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida, atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, an’ana va udumlari, didi va estetik qarashlarini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur festival doirasida agentlik xotin-qizlari tomonidan milliy liboslarda fleshmoblar tayyorlandi va bayram tadbiri o‘tkazildi.