21 oktyabr “Davlat tili kuni”

21-oktabr – O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan, “O’zaviatsiya" agentligi xodimlari ishtirokida “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbati davomida “O’zaviatsiya” agentligi Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Gulyamov tomonidan maruza qilindi.
Maruza davomida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni va uning mazmuni yetkazildi hamda bugungi kunda Agentlikda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida amlga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Suhbat yakunida xodimlar o’rtasida yozma ravishta diktantan o’tkazildi. Diktant yakunlari bo’yicha ishtirokchilar davlat tilida ish yuritish bo’yicha qollanmalar bilan taqdirlandilar.