"XON ATLAS" festivali

19-aprel kuni “O’zaviatsiya” agentligida “XON ATLAS” festivali o’tkazildi. O’zbek milliy liboslariga mehr uyg’otish, o’zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida agentlikda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishga atlas, adras va boshqa milliy matolardan tikilgan liboslarda keldilar.

Festival doirasida atlasning kelib chiqishi tarixi va shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoning ishlab chiqarish va dizayn texnologiyasi haqida qiziqarli ma'ruzalar o'qib eshittirildi.