Huquqiy targ‘ibot

2022 yil 4 mart kuni “O‘zaviatsiya“ agentligi bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etdilar.  Seminarning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son, 2022-yil 22-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son, 2022-yil 25-fevraldagi “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 88-son qarorlarining mazmun-mohiyatini vazirliklar, idoralar va boshqa respublika tashkilotlari xodimlariga  yetkazish.

Seminarda ishtirok etgan respublika davlat organlari va tashkilotlari vakillari tomonidan mazkur qarorlarning ijrosi yuzasidan ko'plab savollarga seminar tashkilotchilaridan aniq  tushuntirishlar olindi.