Toshkentdagi forum

Joriy yilning 23 sentyabr' kuni Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurash milliy kengashi tomonidan tashkillashtirilgan “II Toshkent Aksilkorrupsiya” forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda qator xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idora vakillari hamda xorijiy ekspertlar qatnashdilar.

Shuningdek, tadbirda “O‘zaviasiya” agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirok etdi.

Forumda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda ta'lim va ma'rifatni kuchaytirish mexanizmlari muhokamalari o‘tkazildi.