Rossiyaning “UVT AERO ” aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruhsatnoma oldi

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya federatsiyasi o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2023 yil 17 avgust kuni “UVT AERO” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga Qozon – Samarqand – Qozon yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni CRJ-200 rusumli havo kemalarida amalga oshiradi.