“Qarshi” xalqaro aeroportidagi maxsus o‘quv-mashg‘uloti

2022 yilning 28 oktyabrida “Qarshi” xalqaro aeroportida, “Parvozlarning qidiruv va avariya-qutqaruv” ta'minoti yo‘nalishi bo‘yicha “Qarshi” xalqaro aeroporti xizmatlarining kuch
va vositalaridan foydallangan holda maxsus o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “O‘zbekiston Respublikasi Yagona aviasiya qidiruv-qutqaruv xizmati” tarkibiga kiruvchi tegishli vazirlik va idoralar ko‘magida o‘tkazildi.

Maxsus o‘quv-mashg‘ulotlarning o‘tkazilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish “O‘zaviasiya” agentligi bosh mutaxassis-inspektori A. Niyazov tomonidan amalga oshirildi.

Mazkur tadbir ijobiy baholanib, mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarga zarur tavsiyalar berildi.