Huquqiy targ‘ibot

2021 yil 22 oktyabr kuni "O‘zaviasiya" agentligi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida” O‘RQ-719-son va “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida” 2021 yil 4 oktyabrdagi O‘RQ-720-son qonunlari mazmun-mohiyatini va qabul qilinayotgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tadbirda ishtirok etdilar. Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan taqdimot materiallari to‘plami (annotasiya, slayd, infografika) va "Huquqiy axborot" kanalining materiallari namoyish etildi.