O'zbekiston ICAO universal dasturi bo'yicha aviatsiya xavfsizligi auditidan muvaffaqiyatli o'tdi

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida "aviatsiya xavfsizligini ta'minlash sohasida tekshirishlar Universal dasturi doirasida uzluksiz monitoring mexanizmi to'g'risida" gi anglashuv memorandumi hamda O'zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2019 yil 6 iyundagi 206-sonli topshirig'iga muvofiq, 2019 yil 20-29 noyabr kunlari IKAO inspektorlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi bo'yicha audit o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida aviatsiya xavfsizligi sohasidagi avvalgi auditlar 2004, 2006 va 2010 yillarda o'tkazilgan bo'lib, ular ham muvaffaqiyatli va yaxshi darajada o'tkazildi. ICAO auditi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligini ta'minlash tizimini baholashning eng muhim ob'ektiv vositalaridan biridir. Aviatsiya xavfsizligi auditi aeroportlar xavfsizligi tizimining keng qamrovli tekshiruvi bo'lib, 500 protokolidan ko'proq masalalar bo'yicha ekspertlar tomonidan baholandi.

2019 yil 29 noyabr kuni IKAO auditorlar guruhi tomonidan tekshirish natijalari bo'yicha dastlabki hisobot taqdim etildi. Auditorlar tomonidan "O'zaviatsiya" agentligi va "Toshkent" xalqaro aeroporti mutaxassislari aviatsiya xavfsizligini ta'minlash masalalarida yuqori darajada tayyorgarligi qayd etildi.