O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021 yil 29 aprel kuni  “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ–688-son Qonun imzolandi.

Havo kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti hamda sog‘lig‘iga va (yoki) ularning mol-mulkiga xavf solmagan holda belgilangan yo‘nalishlar va uchish balandliklarida amalga oshirilishi belgilab berildi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida, keyinchalik loyihani vazirlik va idoralarda kelishish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi fraksiyalaridagi muhokamalarda “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari qatnashib loyihani himoyalashda faol ishtirok etishdi.