Qonunchilikdagi o‘zgartirishlar

O‘zbekiston Respublikasining «Qurol to‘g‘risida»gi hamda 2022 yil 17 maydagi O‘RQ-770-son «O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 27-yanvardagi buyrug‘lari bilan “Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish” aviatsiya qoidasiga (O‘zR AQ-195) o‘zgartirishlar kiritildi.              

Qo‘yidagi o‘zgartirishlar tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan bo‘lib joriy yilning 14 fevralidan kuchga kirdi.