Amirliklarni «Wizz Air Abu Dhabi» aviakompaniyasining Abu Dabi–Toshkent–Abu Dabi yangi muntazam reyslari

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida “O‘zaviasiya” agentligi tomonidan Amirliklarning “Wizz Air Abu Dhabi” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga Abu Dabi – Toshkent –Abu Dabi yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi Ekspluatasion ruxsatnomasi berildi.
“Wizz Air Abu Dhabi” aviakompaniyasi - BAAning byudjet aviakompaniyasi, Abu Dabi shahrining xaqaro aeroportida joylashgan, BAA tomonidan berilgan ekspluatant sertifikatiga ega va BAA ro‘yhatga olingan.