“IrАero” aviakompaniyasining parvozi haqida rasmiy bayonot

“IrAero” aviakompaniyasi tomonidan 2022 yilning 28 fevral kuni Samarqand – Irkutsk yo‘nalishi bo‘yicha IAE598 raqamli charter parvozi RRJ-95 (Sukhoi Superjet 100) havo kemasida amalga oshirilgan.

Aniqlanishicha, Samarqand aeroportidan jo‘nab ketishdan oldin, havo kemasi ekipaji tomonidan marshrutdagi shamolning tezligi va yo‘nalishini xisobga olgan holda etarlicha yonilg‘i quyish to‘risida qaror qabul qilingan.

Shu sababli ekipaj a’zolari Samarqand aeroportidan jami 90 nafar yo‘lovchi va 423 kg yuk bilan uchib ketishgan.

Ushbu samolyotda o‘sha kuni uchish vazni chegaralanganligi sababli 61 nafar yo‘lovchining bagaji Samarqand aeroportida bortga ortilmagan.

“IrAero” aviakompaniyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning qolib ketgan bagajlarini “Sibir” aviakompaniyasining 2022 yil 2 martiga rejalashtirilgan Samarqand-Irkutsk yo‘nalishidagi charter parvozi bilan etkazilishiga kelishilgan.