III Toshkent Aksilkorrupsiya forumi

O‘zaviatsiya” agentligidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Pulatov Olim Mirsagdullayevich 2023 yilning 3-noyabr kuni Toshkent shahridagi “III Toshkent Aksilkorrupsiya forumi”da ishtirokishtirok etdi.

Unda Koreya Respublikasi, Malayziya, Gonkong, Finlyandiya, Estoniya, Misr Arab Respublikasi, Qatar va Markaziy Osiyo mamlakatlarining vakolatli organlari rahbariyati va vakillari qatnashdilar.

Forumning asosiy maqsadi - korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va saʼy harakatlarni keng jamoatchilikka, shu jumladan xalqaro hamjamiyatga yetkazish, bu borada istiqboldagi vazifalarni belgilab olish va eng muhimi korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul boʻlgan ham mahalliy hamda xorijiy  hamkorlar bilan oʻzaro tajriba almashish va bu borada xalqaro hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirishdan iborat.