Huquqiy targ‘ibot

Joriy yilning 3-mart sanasida, “O‘zaviatsiya” agentligining hodimlari ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushintirishga bag’ishlangan yig’ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiriyish to‘g‘risida” 2023-yil 15- fevraldagi O‘RQ-817-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son Qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil
27-fevraldagi PQ-74-son Qarorlarining. mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan yuridik xizmat hodimi tomonidan Agentlik hodimlarga tushintirish berildi.