Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni

Hurmatli hamkasblar!

7 dekabr butun dunyoda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram fuqaro aviatsiyasi parvozlarining qulayligi, xavfsizligi va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash bilan bevosita bog'liq bo'lgan dispetcherlar, uchuvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarga tegishlidir.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni 1994 yildan boshlab Chikagoda fuqaro aviatsiyasi to'g'risidagi konventsiya imzolanganining 50 yilligi sharafiga nishonlana boshladi. 1996 yilda esa bu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “7 dekabrni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni deb e’lon qilish” rezolyutsiyasida rasman ta’sis etilgan.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kunining maqsadi, xalqaro fuqaro aviatsiyasi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim roli va ICAOning davlatlarga hamkorlik qilish butun insoniyat manfaatini ko’zlagan holda, chinakam jahon miqyosidagi tezkor tranzit tarmog‘ini yaratishda yordam berishdagi beqiyos rolini dunyo miqyosida tushunishga ko‘maklashish va chuqurlashtirishdan iborat.

“Oʻzaviatsiya” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasining barcha xodimlarini Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni bilan tabriklaydi!