Gruziyaning «Geo Sky» aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya o'rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim asosida 2024 yil
24 yanvar kuni «Geo Sky» aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga Tbilisi-Toshkent-Tbilisi yo'nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnoma rasmiylashtirib berildi.

Aviakompaniya parvozlarni Boeing 737-300 rusumli havo kemalarida amalga oshiradi.