Birlashgan Arab Amirliklarining "AIR ARABIA PJSC" aviakompaniyasi O'zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o'rtasida havo qatnovi to'g'risidagi Bitim asosida «O'zaviatsiya» agentligi tomonidan "AIR ARABIA PJSC" kompaniasiga Sharja – Toshkent – Sharja yo'nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020 yil 11 sentyabrda 4-K sonli Foydalanish ruxsatnomasi berildi.

O'zbekiston Respublikasiga parvozlarni amalga oshirishda aviakompaniya Airbus 320-214 va Airbus 321-251NX havo kemalaridan foydalanishini ma’lum qildi.