Birlashgan Arab Amirliklarining "AIR ARABIA Abu Dhabi LLC " aviakompaniyasi O'zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o'rtasida havo qatnovi to'g'risidagi Bitim asosida «O'zaviatsiya» agentligi tomonidan "AIR ARABIA Abu Dhabi LLC" aviakompaniasiga Abu-Dabi - Toshkent - Abu-Dabi yo'nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020 yil 9 sentyabrda 3-K sonli Foydalanish ruxsatnomasi berildi.

O'zbekiston Respublikasiga parvozlarni aviakompaniya Airbus 320-214 havo kemasida amalga oshirishini ma’lum qildi.