Алишер Навоий туғилган кунга 582 йил тўлди

Bugun “O‘zaviasiya” agentligida o‘zbek adabiy tili asoschisi va davlat arbobi Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiyga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Davlat tili bo‘yicha direktor maslahatchisi R.Gulyamov ochib berdi.

Ma'ruzada mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e'tibor qaratilayotganligi ta'kidlandi.

Tadbir yakunida yoshlar yetakchisi L.Shorasulova A.Navoyining go‘zal g‘azallaridan o‘qib eshitirdi.