Joriy yilning 15 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tushuntirish ishlarini olib borish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining barcha  xodimlari ishtirok etdilar. Seminarga Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori
T. Nazarov tomonidan raislik qilindi

“O‘zaviatsiya” agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh  mutaxassisi O. Po‘latov hamda bosh yuriskonsult Sh. Burxonovlar yig‘ilish ishtirokchilariga Fuqaro aviatsiyasi agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida mazkur seminarga taklif etilgan marifat targ‘ibotchisi jamiyati a’zosi, siyosiy sharxlovshi, xalqaro ANTIQUE WORLD ilmiy akademiyasining akademigi, doctor, professor va “Shuhrat” medali sohibi Q. Karimbekov korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va chek qo‘yilishini taʼminlashga, ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda qonuniy jazo muqarrarligi prinsipi to‘g‘risida prezentatsiya materiallari yordamida batafsil tushuntirib o‘tdi.

Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.