Ostonada "Markaziy Osiyo – Xitoy" (C5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi konferensiyasi o‘tkazilmoqda

Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi aviatsiya ma’muriyatlari rahbarlari, fuqaro aviatsiyasi agentliklari va aeronavigatsiya xizmatlari vakillari, aeroportlar va aviakompaniyalar rahbariyati ishtirok etmoqda.

Konferensiya kun tartibiga parvozlar xavfsizligini ta’minlash, transport-tranzit integratsiyasini rivojlantirish, aviatsiya mutaxassislarining malakasini oshirish, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ekologik barqaror aviatsiyani rivojlantirish sohasidagi hamkorlikning asosiy masalalari kiritilgan.