20-oktyabr — Xalqaro aviadispetcherlar kuni munosabati bilan tabrik!!

Hurmatli “O‘zaeronavigatsiya” Markazi jamoasi!

“O‘zaviatsiya” agentligi nomidan Sizni va butun jamoangizni 20-oktyabr — Xalqaro aviadispetcherlar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

Sizlar fuqaro aviatsiyasi tizimining eng muhim va mas’uliyatli bo‘g‘ini — havodagi harakatni boshqarish sohasida yuksak malaka, diqqat va sidqidillik bilan faoliyat yuritib, mamlakatimiz osmonida parvozlar xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasizlar.

Dispetcherlik faoliyati — bu nafaqat yuqori kasbiy mahorat, balki tezkor qaror qabul qilish, har bir parvoz ortida inson hayoti turganini chuqur his etish demakdir. Sizning fidokorona mehnatingiz tufayli yurtimiz osmonidagi har bir parvoz xavfsiz va barqaror amalga oshirilmoqda.

Sizlarga sog‘lik-salomatlik, quvvat va shijoat, oilaviy tinchlik va kelgusi faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz.

Hurmat bilan, “O‘zaviatsiya” agentligi