Xalqaro Fuqaro aviatsiyasi Tashkiloti (IKAO) Assambleyasining 42-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda
2025 yilning 23 sentyabr kuni Kanadaning Monreal shahrida IKAO Assambleyasining 42-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiyada “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Nazarov Taxir Alimjanovich boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
IKAO Assambleyasi - Tashkilotning suveren organi bo‘lib, uch yilda bir marta sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Assambleyada IKAOga aʼzo 193 ta davlatning 3000 dan ortiq delegatlari ishtirok etishmoqda. Sessiya doirasida Tashkilotning kelgusi uch yilga mo‘ljallangan global siyosatini belgilash, xalqaro fuqaro aviatsiyasining xavfsizligi, barqaror rivojlanishi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.