“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov IKAOning Bosh qarorgohida faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi

IKAO Assambleyasining navbatdagi sessiyasi doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov IKAOning Bosh qarorgohida Ichki audit departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz Malika Muxitdinova bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Malika Muxitdinova, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 2018-2024-yillarda BMTning UN WOMAN tashkilotida yuqori lavozimda, shungingdek, 2024-yil avgust oyidan boshlab, IKAOning bosh qarorgohida ichki audit departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Uchrashuv davomida IKAOga a’zo davlatlarning parvozlar xavfsizligi nazorati bo‘yicha inspektorlarining IKAO bosh qarorgohida yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashish hamda malaka oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Toxir Nazarov hamyurtimizning IKAOda faoliyat yuritayotganini va shunday yuksak lavozimda ishlayotganidan faxrlanayotganimizni ta’kidladi. Shuningdek, ko‘plab xalqaro tashkilotlar, jumladan, IKAOda Vatanimiz sharafini munosib himoya qila oladigan ko‘plab istiqbolli yoshlarimiz borligini alohida ta’kidladi.