“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov Xalqaro fuqaro aviatsiyasi Tashkiloti (IKAO) Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Joriy yilning 27-sentyabr kuni IKAO Assambleyasining navbatdagi sessiyasi doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov IKAO Bosh kotibi Xuan Karlos Salazar hamda Yevropa va Shimoliy Atlantika Byurosi direktori Nikolas Rallo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda IKAO Bosh kotibi Xuan Karlos Salazar O‘zbekiston Hukumati tomonidan fuqaro aviatsiyasining rivojlanishi yo‘lida amalga oshirilayotgan sayi harakatlarni alohida ta’kidladi. Sayi harakatlar mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida havo transportining o‘rni, O‘zbekistonning USOAP/USAP auditlarining muvafaqiyatli o‘tgani buni aniq namoyon etmoqda deb ta’kidlandi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar, jumladan:
- IKAO standartlari va tavsiya etilgan amaliyoti (SARPs) bajarilishining joriy holati;
- aviatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor tashabbuslar;
- IKAOning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan kelgusi auditlariga (ICVM va USOAP) tayyorgarlik jarayonlari.
Shu bilan birga, O‘zbekiston va IKAO o‘rtasida imzolangan 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasida parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha Strategik harakatlar rejasi” (COSPA) ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
“O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.A. Nazarov O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasini institutsional rivojlantirish, hususan, IKAOning xalqaro dasturlari doirasida ekspertlik va texnik yordam ko‘rsatish masalasidagi qo‘llab-quvvatlashi uchun IKAOga samimiy minnatdorchilik bildirdi. IKAO Bosh kotibi Xuan Karlos Salazar O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida islohotlarni amalga oshirishda IKAO bilan hamkorlik yanada rivojlanishiga umid bildirdi.