“Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining kafolati” mavzusida seminar
Joriy yilning 6 oktyabr kuni “Oʻzaviatsiya” agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining kafolati” mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov va Toshkent aviatsiya transport prokurori adliya katta maslahatchisi Sh.Mamadjanov, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i N. Komilov, “O‘zaviatsiya” agentligi yetakchi mutaxassisi O. Po‘latovlar “Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining kafolati” haqida ma’ruza qildilar..
Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.