“O'zaviatsiya” agentligi “Avtomobilsiz kun” tadbirini qo‘llab-quvvatladi

22-sentabr kuni O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” (World Car Free Day) ekologik tadbiri o‘tkazildi.

“O'zaviatsiya” agentligi xodimlari tadbirni qo‘llab-quvvatlab, ishga piyoda hamda ekologik transportda keldilar. Shu orqali ular havoni toza saqlash va sog‘lom shahar muhitini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanini ko‘rsatdilar.

Tadbir «Mashinangizni uyda qoldiring!» va «Piyoda bo‘ling — toza havodan nafas oling!» shiorlari ostida o‘tkazildi. Bu esa kichik amaliy qadamlarning ham ekologiya va hayot sifatini yaxshilashga katta hissa qo‘shishini eslatib turadi.