“Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–87-son Farmoniga muvofiq, har oyning ikkinchi haftasi “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” sifatida nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari va ularning oila a’zolari uchun Xorazm viloyatining Xiva shahriga madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar qadimiy Xiva shahrining betakror me’moriy yodgorliklari, boy madaniy merosi hamda Xorazmning so‘lim tabiat manzaralari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bu sayohat xodimlar uchun maroqli dam olish imkonini yaratdi, shu bilan birga milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.