Mustaqillik bayrami arafasida hashar
23-avgust kuni “O‘zaviatsiya” agentligida hashar bo‘lib o‘tdi.
“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari hududni obodonlashtirish va tozalikka o‘z hissalarini qo‘shish uchun birlashdilar. Bunday tashabbuslar korporativ ruhni mustahkamlaydi, milliy an’analarimizga hurmatni ifodalaydi va jamoaning do‘stligi hamda birdamligining ramziga aylanadi. Hashar so‘ngida xodimlar ishtirokida bayramona dasturxon bezatildi.