Xon atlas— milliyligimiz timsoli

Maʼlumki, har yili mamlakatimizda xotin-qizlar ishtirokida  “Xon atlas” festivali oʻtkaziladi. “O‘zaviatsiya” agentligining go‘zal va dildor ayollari ham har yili “Xon atlas— milliyligimiz timsoli” festivalida faol ishtirok etаdilar. Milliy madaniyatimizning koʻzgusi boʻlgan atlas-u adras matolarimizdan tayyorlangan liboslar oʻzbek ayollari chiroyiga chiroy, husniga husn qoʻshishi bilan birga necha asrlik milliy va ma’naviy an’analarimizni ham yodga soladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, 2017-yilda oʻzbek ipak matolarini toʻqish texnologiyasi UNESCOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgani milliy matolarimizning jahon miqyosidagi yuksak oʻringa ega ekanini anglatadi. Bugungi kunda yoʻqolib borayotgan anʼanalarni asrab-avaylash, jumladan, tarixiy matolarni qayta tiklash tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Milliy maʼnaviyatimizni tarannum etgan bu yilgi festival “O‘zaviatsiya” agentligida oʻzgacha tashkil etilib, ishtirokchilarda yorqin taassurot qoldirdi.