Xitoy Xalq Respublikasining “China Eastern Airlines” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

“Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan 2025-yil 3-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim asosida “China Eastern Airlines” aviakompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasiga Sian-Toshkent-Sian yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun Foydalanish ruxsatnomasi rasmiylashtildi.

Parvozlar А320-251N havo kemalarida amalga oshiriladi.