Fuqaro aviatsiyasi sohasida samaradorlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilish

Bosh prokuror o‘rinbosari D.Kasimov huzurida Fuqaro aviatsiyasi agentligi zimmasiga yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarning bajarilishi ahvoli, shuningdek, nazorat yo‘nalishlarida korrupsiya omillarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Agentlikning davlat nazoratini olib borishdagi faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, inson omili yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni raqamlashtirish orqali faoliyat samaradorligini yanada oshirish, sohada “korrupsiyadan holi” muhitni yaratish bo‘yicha aniq chora - tadbirlar belgilash yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.