“Biznes-ombudsmanlar va IV bisnesda halollik” halqaro forum
Joriy yilning 21 oktyabr kuni O‘zaviatsiya” agentligi mutaxassisi Pulatov O. M. Toshkent shahrida tashkillashtirilgan “Biznes-ombudsmanlar va IV bisnesda halollik” halqaro forumida ishtirok etdi.
Tadbirda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi, Konrad Adenauer nomidagi Jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda Biznes-ombudsman institutlari, Osiyo taraqqiyot banki, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Biznes-ombudsman devoni vakillari qatnashdilar.
Forumning asosiy maqsadi - ilg‘or institutsional amaliyotni yoritish, turli mamlakatlarning Biznes-ombudsman va shunga o‘xshash huquqni himoya qilish institutlari vakillari ishtirokida ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish bo‘yicha tizimli
chora-tadbirlarni, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash choralarini muhokama qilishdan iborat.
